Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Qamashi tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani tuman hokimi Xurshid Usmonov olib bordi.

Kun tartibida Qamashi tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nizomiddin Mo‘minov axborot berdi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi raisini saylash masalasi ham muhokama qilindi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi belgilangan. Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga muvofiq, 2024-yilda ilk marotaba Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining birinchi tashkiliy sessiyalarida deputatlar orasidan Kengash raislari saylab olingan edi. Ushbu amaliyot 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shahar Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Qonunchilikka ko‘ra, Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi raisi lavozimiga nomzodlarni tavsiya etish uchun siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etildi. Tavsiya etilgan nomzodlar bo‘yicha ovoz berish natijasida, Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi raisligiga tuman deputatlari orasidan 12-Oynako‘l saylov okrugi deputati Nomozov Abdumalik Ergashovich saylandi.

Slide 1 of 1