Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Raximov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
⚽️O‘rganish davomida mahalladagi sport maydonchalarining bugungi holati, ularning foydalanish uchun qulayligi, mavjud jihozlarning sozligi hamda hududdagi obodonlashtirish va tozalik masalalari ko‘zdan kechirildi.
🧹Shuningdek, sport maydonchalari atrofidagi hududning sanitariya va tozalik holatiga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌱Yoshlar uchun sog‘lom va qulay muhit yaratish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda mahallalar hududini obod saqlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🤝Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.