35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
"Turon" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
“Farxod” mahallasida aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati hamda muassasalar faoliyatini takomillashtirish masalalari deputatlik nazoratida.
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Energiya samaradorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish — deputatlik nazoratida
янв.21
"Bo‘ston" mahallasida obodonlashtirish ishlari "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi!
янв.21
"Bo‘ston" mahallasida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorlik boshlagan xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-Shalxar saylov okrugi deputati K. Narchayev tomonidan Shalxar OFY hududida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Shalxar OFY ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holatlari ham o‘rganilib, mazkur jarayonlarning belgilangan tartibda va manzilli amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2