35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar ta’miri: manzilli dastur ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq roziligi — islohotlar mezoni
янв.21
"Alpomish" mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
янв.21
"Tashabbusli budjet" g‘olib loyihalari nazoratda: "Pattakesar" mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi joyida o‘rganildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Kattabog‘ mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji — aholi farovonligi omili!
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR


1️⃣ Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.
2️⃣ Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.
3️⃣Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.
4️⃣ Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.
5️⃣ Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
6️⃣ Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.
7️⃣ Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.
8️⃣ Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
9️⃣Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.
1️⃣0️⃣ Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.
1️⃣1️⃣Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .
1️⃣2️⃣Liftlarni ishlashi .
1️⃣3️⃣ Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.
1️⃣4️⃣ Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.
1️⃣5️⃣Parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati.
1️⃣6️⃣Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.
1️⃣7️⃣Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.
1️⃣8️⃣ Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.
1️⃣9️⃣ Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.
2️⃣0️⃣ Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.
2️⃣1️⃣Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.
2️⃣2️⃣Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.
2️⃣3️⃣ Aholi bandligi masalalari.
2️⃣4️⃣ Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtai nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.