35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
#Chinoz_tumani Maktabda sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi



⚡️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 13-Ko'tarma saylov okrugidan Farxod Ibragimov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi tumandagi Yo'ltushgan MFY hududida joylashgan 9-sonli umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida sport zallarining bugungi holati, mavjud sport anjomlari va inventarlari, ularning foydalanish darajasi, jihozlarning texnik holati hamda amaldagi talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🏅 Shuningdek, sport maktabida faoliyat yuritayotgan futbol hamda voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, murabbiylar faoliyati, to‘garaklarga jalb qilingan yoshlar soni hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida sport inshootlarining sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sport jihozlarining sozligi, kiyinish va yuvinish xonalari, mashg‘ulotlar jadvali hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ham tahlil qilindi.

📋 Bundan tashqari, sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbat o‘tkazilib, sport to‘garaklari faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sport anjomlarini bosqichma-bosqich yangilash masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga sport zallari va jihozlaridan samarali foydalanish, sport to‘garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud sport anjomlarini soz holatda saqlash hamda yoshlar uchun xavfsiz va qulay sport muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✨ Yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sport infratuzilmasini rivojlantirish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5