35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida “Eskishahar” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Termiz shahar FHDYO bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim mudirasi bilan muassasaning bugungi kundagi faoliyati yuzasidan suhbatlashdilar.

Suhbat davomida FHDYO bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash holati, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlari hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, bo‘lim faoliyatida mavjud masalalar, ularni bartaraf etish, aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.