35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
“ZERO-WASTE” MCHJ PARKENT TUMANI FILIALIDA DEPUTATLIK NAZORATI: “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI VA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva tomonidan “Zero-Waste” MChJ Parkent tumani filialida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.O‘rganish davomida korxonaning moddiy-texnik bazasi, chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari ko‘rib chiqildi.Moddiy-texnik baza 17 tachiqindi tashuvchi maxsus texnika,244 ta chiqindi konteyneri,3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi,barcha maxsus texnikalarda GPS kuzatuv tizimi, 2022–2025-yillarda 4 ta yangi maxsus chiqindi tashuvchi avtomashina xarid qilingan.Aholini qamrab olish va tariflar.Filial tomonidan tumandagi 53 ta mahallaga xizmat ko‘rsatilmoqda. Jami 28 942 ta abonent, ya’ni 134 132 nafar aholi chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bilan qamrab olingan.Aholi uchun qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatining bir kishiga bir oylik tarifi 10 864 so‘m, yuridik shaxslar uchun 1 m³ chiqindi uchun 97 316,80 so‘m etib belgilangan.Xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar.Filialda jami 89 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 18 nafar haydovchi, 29 nafar yuk ortuvchi va 24 nafar inspektor ishlamoqda.2026-yil iyul oyida haydovchilarning o‘rtacha ish haqi 5 265 443 so‘m, yuk ortuvchilarning o‘rtacha ish haqi esa 4 854 589 so‘mni tashkil etgan.Haydovchi va yuk ortuvchilar har kuni ishga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Xodimlar uchun yuvinish joylari va alohida kiyinish xonasi tashkil etilgan hamda ular maxsus ishchi kiyimlari bilan ta’minlangan.Xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qilish uchun Face ID tizimi, avtogaraj hududida esa kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.Maxsus texnikalar mexanik va bosh muhandis ko‘rigidan o‘tkazilib, soz holatda bo‘lganidan keyin ishga chiqariladi.O‘rganish yakunida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, mavjud texnika va konteynerlardan samarali foydalanish, sanitariya holatini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 12