Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan Obod MFY hududidagi 7-Obod saylov okrugida xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida xotin-qizlar tomonidan ish bilan ta’minlash va bandlik masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ularni ish bilan ta’minlash masalalarini tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish belgilandi.
Murojaatlar natijasi yuzasidan fuqarolarga belgilangan tartibda ma’lumot beriladi.