Muhokamalar davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎙 Shuningdek, ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va ilg‘or ta’lim tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.
🗳 Muhokamalar yakunida mazkur masala yuzasidan tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanib, tegishli qaror qabul qilindi.