35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Korruptsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
TA’LIM TIZIMIDAGI MAVJUD MASALALAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 TA’LIM TIZIMIDAGI MAVJUD MASALALAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov Chilonzor tumanidagi 183-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🤝 O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Ekopartiya Chilonzor tuman Kengashi raisi Muqaddas Tursunova hamda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Shukrona Saidova ham ishtirok etdi.

🔎 Deputatlik nazorati davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining holati va sifati, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Maktab hududidagi ayrim qurigan, shuningdek, sinib tushish ehtimoli mavjud bo‘lgan daraxtlar ham ko‘zdan kechirildi. Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bunday daraxtlarni mutaxassislar xulosasi va belgilangan tartib asosida xavfsiz holatga keltirish zarurligi ta’kidlandi.

📉 Shu bilan birga, maktabda inklyuziv ta’lim va “to‘siqsiz muhit” talablarining bajarilishi ham o‘rganildi. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarning qulayligi, maktabni zarur mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash, amalga oshirilgan moslashtirish ishlarining sifati hamda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🧱 O‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati tomonidan bildirilgan takliflar ham tinglandi. Ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlashga ko‘maklashish maqsadida deputat Ulug‘bek Rasulov va homiylar tomonidan maktab uchun zarur kafel mahsulotlarini beg‘araz yetkazib berish tashabbusi bildirildi. Oradan bir kun o‘tib, zarur mahsulotlar maktab ma’muriyatiga yetkazib berildi.

📚 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik va ta’lim infratuzilmasini bevosita joyiga chiqib o‘rganish asosida tashkil etildi.

📝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda barcha o‘quvchilar uchun teng va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu masalalar deputat Ulug‘bek Rasulov tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.

✨ Farzandlarimiz uchun xavfsiz, zamonaviy va sifatli ta’lim muhitini yaratish — kelajak taraqqiyotiga kiritilgan eng muhim sarmoyadir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10