35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Seysmik xavfsizlik talablari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Seysmik xavfsizlik talablari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Samandarova hamda mas'ul xodim ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentabrdagi O‘RQ–713-son "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan 3-Guliston saylov okrugi hududidagi Uzunqishloq mahallasida joylashgan, Davlat dasturi asosida bunyod etilayotgan 16-son umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining seysmik xavfsizlik talablari asosida olib borilishi, loyiha hujjatlariga rioya etilishi, qurilish materiallari sifati hamda obyektda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan me'yor va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan talablarga muvofiq davom ettirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.               

Slide 1 of 4