Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati F.Musurmonqulov, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda biriktirilgan tashkilot — “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ tuman filiali mas’ullari O.Omonov va B.Erkaboyevlar bilan birgalikda “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Paxtakor” ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
Murojaatda “Paxtakor” ko‘chasini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilgan.
O‘rganish davomida hududdagi mavjud holat tahlil qilinib, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mazkur hududni kelgusida tasdiqlanadigan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan dasturlarga kiritish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.