35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi

Muhokamalar yakunida mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Qabul qilingan qarorda sog‘liqni saqlash tizimida ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni takomillashtirish, aholi murojaatlari hamda deputatlik so‘rovlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.