35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#_162_ta_qonun Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 17–21-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
7-“MING O‘RIK” SAYLOV OKRUGIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI HOLATI YUZASIDAN RASMIY MA’LUMOT TAQDIM ETILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: 7-“MING O‘RIK” SAYLOV OKRUGIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI HOLATI YUZASIDAN RASMIY MA’LUMOT TAQDIM ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyevning 2026-yil 6-avgustdagi 92-ds-424-26-sonli deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari O.Muminov tomonidan yo‘llangan javobda Mirobod tumani 7-“Ming o‘rik” saylov okrugi hududidagi bolalar o‘yingohlari va maydonchalarining soni hamda texnik holati bo‘yicha o‘rganish natijalari ma’lum qilindi.

📩 Deputatlik so‘rovi Abdulla Avloniy, Afrosiyob, At-Termiziy, Baynalminal, Birodarlik, Farovon, Lolazor, Ming O‘rik, Mirobod, Movarounnahr, Navro‘z, Oybek, Salar, Sharof Rashidov, Temiryo‘lchilar, Yangi Mirobod hamda Zaminobod mahalla fuqarolar yig‘inlaridan kelib tushayotgan murojaatlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, rasmiy javobga ilova qilingan ma’lumotlarda mazkur hududlardagi bolalar maydonchalarining mavjud holati alohida ko‘rsatib berilgan.

🎠 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulla Avloniy mahallasida 13 ta bolalar maydonchasi mavjud bo‘lib, 11 tasi zamonaviy va 2 tasi eski turdagi, Mirobod mahallasidagi 5 ta maydonchaning 4 tasi zamonaviy va 1 tasi eski, Yangi Mirobod mahallasidagi 4 ta maydonchaning 2 tasi zamonaviy va 2 tasi eski, Lolazor mahallasidagi 4 ta maydonchaning 2 tasi zamonaviy va 2 tasi eski holatda ekani qayd etilgan.

💡 Afrosiyob mahallasida 5 ta bolalar maydonchasi mavjud bo‘lib, ularning barchasi eski turdagi, Farovon mahallasidagi 4 ta maydonchaning ham barchasi eski, Sharof Rashidov mahallasidagi 5 ta maydonchaning 3 tasi zamonaviy va 2 tasi eski, Birodarlik mahallasidagi 4 ta bolalar maydonchasining barchasi eski turdagi ekani ko‘rsatilgan.

🔺 Temiryo‘lchilar mahallasida 1 ta bolalar maydonchasi mavjud bo‘lib, u eski turdagi, Navro‘z mahallasida 4 ta bolalar maydonchasi mavjud, shuningdek, Baynalminal va Zaminobod mahallalarida bolalar maydonchalari mavjud emasligi qayd etilgan.

📍 At-Termiziy mahallasidagi 4 ta bolalar maydonchasining 3 tasi zamonaviy va 1 tasi eski, Ming O‘rik mahallasidagi 2 ta maydonchaning 1 tasi zamonaviy va 1 tasi eski turdagi ekani ma’lum qilingan.

🔎 O‘rganish natijalarida Oybek mahallasida 6 ta bolalar maydonchasi mavjud bo‘lib, 1 tasi zamonaviy va 5 tasi eski, Movarounnahr mahallasidagi 3 ta maydonchaning 2 tasi zamonaviy va 1 tasi eski, Salar mahallasidagi 11 ta bolalar maydonchasining 9 tasi zamonaviy va 2 tasi eski holatda ekani ko‘rsatilgan.

📊 Shu tariqa, deputatlik so‘rovi orqali 7-“Ming o‘rik” saylov okrugiga kiruvchi 17 ta mahalladagi bolalar maydonchalarining mavjudligi va texnik holati bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllantirildi. Taqdim etilgan ko‘rsatkichlar ayrim hududlarda zamonaviy bolalar maydonchalari mavjud bo‘lsa-da, qator mahallalarda eski va ta’mirtalab maydonchalar salmog‘i yuqori ekanini, Baynalminal hamda Zaminobod mahallalarida esa bolalar maydonchalari mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.

📝 Mazkur ma’lumotlar asosida mavjud maydonchalarni ta’mirlash va zamonaviylashtirish, eskirgan o‘yin elementlarini yangilash, shuningdek, bolalar maydonchasi mavjud bo‘lmagan hududlarda yangi o‘yingohlarni tashkil etish masalalarini tegishli dasturlar doirasida ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

🤝 Deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan nazorat davom ettirilib, aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqib bolalar maydonchalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1