35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#_162_ta_qonun Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 17–21-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24- sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 24-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
янв.21
Yettinchi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi
Hamdo‘stlik mahallasida yangi xizmat va ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyiha o‘rganildi

Xususan, tadbirkor Rasulbek Iskandarov tomonidan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan yangi suv havzasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha shahar aholisi uchun dam olish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, yangi daromad manbalarini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida 5 ta yangi ish o‘rni yaratilgani mahalla aholisining bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. O‘rganish davomida tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, faoliyatni yanada kengaytirish, xizmatlar ko‘lamini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud salohiyatni ishga solish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 1