Kengashlar faoliyatining ochiqligi:
🔹 qabul qilinayotgan qarorlarning jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishini;
🔹 deputatlik nazoratining samarali amalga oshirilishini;
🔹 fuqarolarning taklif va murojaatlarini eshitish hamda ularni hal etishni;
🔹 mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni ta'minlaydi.
Shaffof faoliyat — bu mas'uliyatli boshqaruv, ochiq muloqot va xalq manfaatlariga xizmat qilish demakdir. Kengashlar faoliyatida ochiqlik tamoyillariga qat'iy amal qilinishi fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Ochiqlik va shaffoflik — kuchli Kengashlar hamda xalq ishonchining mustahkam poydevoridir.