35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Shifokor” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida fuqarolar murojaatlari ham tahlil qilindi
янв.21
“Turon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Termiz shahrida bolalar maydonchasining xavfsizligi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #PF_116 #24_ta_tavsiyalar_ijrosi 🗣“Turon” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
Eskirgan elektr simyog‘ochlari masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi: “Temiryo‘lchi” va “Alisher Navoiy” mahallalaridagi infrastruktura ishlari o‘rganildi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #Buni_bilasizmi Ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashda Kengashlarning o‘rni
янв.21
#QonunchilikdagiYangiliklar #HuquqiyAxborot ❗️Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtiriladi
янв.21
Mahalliy budjet mablag‘larining samarali sarflanishi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 28-sessiyasida ko‘tarilgan masala yuzasidan tuman Kengashi deputati A. Ibadullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov Boyovut tumani markaziga olib keluvchi D-040 avtomobil yo‘lining 38–43-kilometr oralig‘ida, YHXB binosidan tuman markazigacha bo‘lgan hududda o‘rnatilishi rejalashtirilgan 6 ta zamonaviy yo‘lovchilar kutish bekati loyihalari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida bekatlarni joylashtirish uchun tanlangan hududlar ko‘zdan kechirilib, ularning fuqarolar uchun qulayligi, shuningdek, yog‘ingarchilik, kuchli shamol va quyosh nurlaridan himoyalanishni ta’minlaydigan zamonaviy talablarga javob berishi yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, bekatlar yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi, imkon qadar barcha toifadagi fuqarolar, jumladan, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda barpo etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4