2027-YIL DASTURLARIGA TAKLIFLAR SHAKLLANTIRILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi manfaatlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 6-Gumbaz saylov okrugi deputati Jumonova Saodat Isoqovna tomonidan saylovchilar murojaatlari va hududdagi mavjud ehtiyojlar asosida quyidagi takliflar ilgari surildi:
🔹 Qoqsoy mahallasidagi Qurilish-2 qishlog‘idan 95-son umumta'lim maktabiga olib boruvchi "Nurli Maskan" va "Obod Diyor" ko‘chalarini asfaltlashtirish.
🔹 Yangi Avlod mahallasida 96-son umumta'lim maktabiga olib boruvchi yo‘lni asfaltlashtirish hamda aholi uchun zamonaviy avtobekat barpo etish.
🔹 Guliston mahallasining "Qoqcha" qishlog‘ida 250 ta xonadonni qamrab oladigan toza ichimlik suvi inshootini qurish.
🔹 Navbahor mahallasi markazida 310 ta xonadonni qamrab oladigan toza ichimlik suvi inshootini barpo etish