35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Deputatlik nazorati: mahalla hokim yordamchisi faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Hududdagi muammolar joyida o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilab olindi
янв.21
#huquqiy_axborot_soati 🗣“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonun
янв.21
Termizda avtomobil yuvish shahobchalari o‘rganildi: Suv resurslarini tejash nazorat ostida!
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI – AMALIY NATIJA!
янв.21
23-Pattakesar saylov okrugida deputatlik faoliyati amalda: mahallada muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-25-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ekspert guruhi faoliyati ochiqlik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Deputatlik nazorati: mahalla hokim yordamchisi faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tegishli qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnomalar orqali atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ–440-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Mazkur qonunlar doirasida aholini ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasbga o‘qitish kurslariga jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan foydalanish, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan amaliy ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlar bilan ishlash sifati, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda belgilangan vazifalarning ijro holati yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan ayrim kamchilik va mavjud muammolar yuzasidan ularni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish hamda qonun hujjatlari ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati tadbirlari davomida qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, mahallalarda aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirish muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.