2026-yil 20–25-iyul kunlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida axborot-targ‘ibot ishlari izchil davom ettirildi.
📌 Hafta davomida Ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatiga oid jami 5 ta axborot posti ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
📍 Ushbu postlarda:
✅ Ekspert guruhlari tomonidan olib borilgan tahliliy ishlar;
✅ Yoshlar maslahat guruhlarining tashabbus va takliflari;
✅ hududlarda o'tkazilgan uchrashuv va muhokamalar;
✅ Kengash faoliyatiga jamoatchilik hamda yoshlarning faol jalb etilishi;
✅ amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari keng yoritildi.
🤝 Ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini muntazam yoritib borish fuqarolarning Kengash faoliyatidagi ishtirokini kuchaytiradi.