35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati PF–116 Farmoni talablari asosida kompleks o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi qat’iy kurash: "Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi!
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: muammo joyida o‘rganilib, ijobiy yechim topdi
янв.21
“Kattabog‘” mahallasida Yoshlar yetakchisi faoliyati PF–116 Farmoni ijrosi doirasida o‘rganildi
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun 🗣Deputatlik faoliyatining amaliy natijalari – raqamlar ortida inson taqdiri turadi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika nazoratda: "Turon" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi o‘rganildi!
янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputat nazoratida
янв.21
Mahalla manfaatlari va fuqarolar murojaati e'tiborda
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi: "Yulduz" mahallasidagi Shiroq ko‘chasida aniqlangan holatlar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Deputatlik faoliyati – hududdagi muammolarni joyida hal etishning muhim omili
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun 🗣Deputatlik faoliyatining amaliy natijalari – raqamlar ortida inson taqdiri turadi

Deputatlar tomonidan olib borilgan nazorat-tahlil tadbirlari, deputatlik so‘rovlari, sayyor qabullar va amaliy tashabbuslar natijasida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim natijalarga erishildi.

💬2026-yilning birinchi yarim yilligida deputatlar tashabbusi va ko‘magi bilan:

🟢20 nafar fuqaro kambag‘allikdan chiqarilib, ularning daromad manbai yaratildi hamda ijtimoiy ahvoli yaxshilandi.

🟢20 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilib, bandligi ta'minlandi.

🟢25 ta yangi ish o‘rni tashkil etilib, aholining daromadini oshirishga xizmat qiluvchi yangi imkoniyatlar yaratildi.

🟢6 ta xonadonga quyosh panellari o‘rnatilib, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali fuqarolarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga ko‘maklashildi.

🟢7 nafar iqtidorli va ehtiyojmand talabaning kontrakt to‘lovlari qoplab berilib, ularning oliy ta'limni davom ettirishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

🟢8 nafar ehtiyojmand fuqaro zarur dori-darmon vositalari bilan ta'minlandi.

🟢19 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ijtimoiy va moddiy ko‘maklar ko‘rsatilib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

🟢15 kilometr avtomobil yo‘li ta'mirlanib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratishga erishildi.

🟢3 nafar mehnat migrantining doimiy bandligi ta'minlanib, ularning mehnat faoliyatini yurtimizda davom ettirishiga ko‘maklashildi.

💬Mazkur natijalar deputatlarning fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda davlat dasturlari ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi izchil faoliyatining amaliy ifodasidir.

💬Har bir erishilgan natija ortida fuqarolarning ishonchi, oilalarning farovonligi va mahallalarning rivojlanishi mujassam. Deputatlar bundan buyon ham xalq manfaatlarini ta'minlash, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining hayot sifatini yaxshilash yo‘lida faoliyatini izchil davom ettiradi.

🫥Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan har bir tashabbus — inson qadri va farovon hayot sari qo‘yilgan muhim qadamdir.