35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Muammo joyida o‘rganildi: "Yulduz" mahallasidagi Shiroq ko‘chasida aniqlangan holatlar deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Deputatlik faoliyati – hududdagi muammolarni joyida hal etishning muhim omili
янв.21
Deputatlik nazorati amalda: "Ma’rifat" mahallasida hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida o‘rganish: deputatlik nazorati amalda
янв.21
Deputatlik nazorati amalda: Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Tashabbusli budjet" loyihasining II chorak yakunlari doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada PF–70-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada PQ–438-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldidan dolzarb muhokamalar: Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar iqtisodiyoti, infratuzilma va xususiylashtirish masalalari tahlil qilindi!
Doimiy komissiyada PQ–438-son qarori ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi

Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining hisobotini shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov o‘qib eshittirdi.

Hisobotda qayd etilishicha, bugungi kunda Termiz shahrida 37 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 213 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shaharda 3 900 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ishsizlik darajasi 4,2 foizni, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar soni esa 6 200 nafarni tashkil etadi.

PQ–438-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan dasturlar natijasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida 23 400 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Yil yakuniga qadar esa 30 ming nafar aholini doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash, Termiz shahrini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Shuningdek, shaharda 3 364 ta kambag‘al oila mavjud bo‘lib, yil yakuniga qadar ularning barchasini daromadli faoliyatga jalb etish orqali kambag‘allikni qisqartirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda 7 200 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilishi, 18 800 nafar aholining daromadlari oshirilishi hamda 3 200 ta norasmiy ish o‘rni legallashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning olti oyi davomida 3 849 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanib, belgilangan 3 214 nafar reja 119,8 foizga bajarildi. Jumladan:
1 381 nafari xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasida;
168 nafari investitsiya loyihalari hisobiga;
17 nafari qishloq xo‘jaligida;
163 nafari qurilish sohasida;
2 120 nafari boshqa yo‘nalishlarda ish bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, 1 900 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinib, belgilangan ko‘rsatkich 107 foizga bajarildi. Norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha esa 2 550 ta reja o‘rniga 3 297 ta ish o‘rni legallashtirilib, ijro 129,3 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 37 ta mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan 137 ta mikroloyiha ishga tushirildi.

Hisobotda sanoat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,4 trillion so‘mga yetkazish va 106,9 foiz o‘sishga erishish belgilangan.

Investitsiyalarni jalb etish yo‘nalishida 2026-yilda 324 min. AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, shundan 210 mln. dollar xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb etish belgilangan. Birinchi yarim yillikda 106,7 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, 2 ta loyiha ishga tushirildi va 22 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil davomida esa qiymati 114,4 mln. dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 1 403 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Eksport yo‘nalishida ham ijobiy natijalarga erishilgan. Hozirgi kunda shaharda 30 ta eksportyor korxona faoliyat yuritib, ular tomonidan joriy yilning olti oyida 373,7 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar 12 ta xorijiy davlatga eksport qilindi. Shundan 215,1 mln. dollar sanoat mahsulotlari, 158,6 mln. dollar meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Muhokamalar davomida deputatlar hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini yanada jadallashtirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilindi.