O‘rganish davomida hududning ekologik holati, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish tizimi, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan qonun talablarining bajarilishi, ekologik nazorat tadbirlarining samaradorligi va aholining ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.