Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining ishonchli tayanchidir. Bugungi kunda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
💬 Bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va fidoyi yoshlarning yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan intilishi yurtimizning ertangi taraqqiyotini belgilovchi muhim omildir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarida yoshlarning munosib o‘rni va faolligi alohida e’tirof etilmoqda.
💬 Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan barcha yoshlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ilm-fan va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsad va intilishlarining ro‘yobini tilaymiz.
🫥 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati jamoasi.