Новости

Последние новости

янв.21
MAHALLADAGI HAMKORLIK VA BOSHQARUV TIZIMI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida!
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati joyida: “Yulduz” mahallasida mahalla faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik
янв.21
30-iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️Qonun va deputat faoliyati
янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Eliboyev tomonidan saylov okrugidagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari hamda ijtimoiy ahvoli o‘rganildi.

Tashrif davomida fuqarolarning kundalik hayoti, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Bildirilgan murojaatlar va takliflar asosida masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammolarini hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

🏛 Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2