💠Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumandagi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ldi.
💠Uchrashuvda tumandagi yoshlar hayotiga daxldor bo‘lgan qarorlar qabul qilinishida maslahat guruhi a’zolarining ishtirokini kuchaytirish, hududlardagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularni sessiya muhokamalariga olib chiqishda guruh a’zolarining o‘rni, 2026-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va targ‘ibot tadbirlari strategiyasini belgilab olindi