Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva boshchiligida Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri v.v.b A.Xasanov, bosh mutaxassis U.Shopotixov va XDP partiya raisi X.Xamidovlar bilan birgalikda Olmazor tumani 5-Shodiyona saylov okrugi "Shodiyona" mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil etildi.

📝 Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan “Shodiyona” mahallasida olib borilayotgan ishlar, mahalla tizimi va “mahalla yettiligi” faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektoridan iborat tizimning o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini aniqlash va hal etishdagi roli alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

🇺🇿 Shuningdek, Boshqaruv servis kompaniya va mahalla uy boshlari faoliyati muhokama qilinib, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari bo‘yicha o‘zaro fikr va takliflar almashildi. Uy boshliqlari bilan olib borilgan muloqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy muhit, kam ta’minlangan oilalar holati, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, hududni obodonlashtirish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Fuqarolarning fikr va takliflari mahallani yanada rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim omil sifatida e’tirof etildi.

📊 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilib, hududdagi infratuzilma, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, yoshlar bandligi, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar tahlil qilindi.

⚠️ Aniqlangan muammolar yuzasidan ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔼 Yakunda mahalla tizimini mustahkamlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish orqali hududlarda mavjud muammolarni tezkor va tizimli hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 9