Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 2026-yil 17-iyun kuni Andijon shahar “Hunarmand” MFY, Oltinko‘l ko‘chasida joylashgan 9-sonli oilaviy yotoqxona, “Istiqlol” MFY hududidagi 88-A-sonli oilaviy yotoqxona hamda “Bunyodkor” MFY hududidagi 39-A-sonli oilaviy yotoqxonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aholi tomonidan asosan ichki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, tashqi fasadni yangilash hamda ayollar va erkaklar uchun alohida tashqi hojatxonalar qurish masalalari ko‘tarildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mazkur oilaviy yotoqxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasini amaldagi qonunchilik tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholining murojaatlari doimiy e’tiborda va ularning muammolarini hal etish yo‘lida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2