Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Zulfiya Xakimova tomonidan Toshkent tumanining Gultepa mahallasida aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Zulfiya Xakimova tomonidan Toshkent tumanining Gultepa mahallasida aholini o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

Mahalla binosida tashkil etilgan uchrashuv davomida aholi tomonidan patronaj xizmati faoliyati, tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda birlamchi tibbiy yordam sifati yuzasidan bildirilgan murojaatlar muhokama qilindi. Mazkur masalalarni joyida o‘rganish maqsadida patronaj hamshira jalb etilib, uning hududdagi faoliyati, fuqarolar bilan ishlash jarayoni va xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha masala deputatlik nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 1