Mazkur guruh:
— jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi hisoblanadi;
— mahalliy Kengash qarori bilan shakllantirilgan;
— uning xulosalari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ekspert guruhi o‘z faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari hamda mahalliy Kengash hujjatlariga amal qiladi.
Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va professional yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.