Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda deputat S.Xodjayevalar shahardagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdilar.
🔅Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar, jumladan:
🟢Ijtimoiy himoya va moddiy ko‘mak;
Kommunal sohadagi muammolar va infratuzilmani yaxshilash;
🟢Bandlikni ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi murojaatlar bildirildi.
▶️Muloqot davomida har bir fuqaroning fikri diqqat bilan tinglandi va amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
▶️Murojaatlarning muayyan qismi joyida hal etildi.
▶️Muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa deputatlik nazoratiga olinib, hal etish uchun mas’ul tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.