Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari A.Mustafakulov, S.Xodjayeva, B.Raxmatullayev hamda D.Toshboyevalar shahardagi “Do‘stlik” mahallasida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.
💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
🔅O‘rganishlar davomida asosiy urg‘u quyidagilarga qaratildi:
▶️Mahalla raisi faoliyati:
🟢Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi;
🟢Mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi va boshqaruv tizimi samaradorligi;
🟢Aholi murojaatlari bilan ishlash holati.
▶️Ijtimoiy xodim faoliyati:
🟢Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🟢“Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan aloqalar va manzilli yordamning haqqoniyligi.
🫥Tahlil davomida deputatlar tomonidan mahalla vakillarining ish hujjatlari ko‘zdan kechirilib, aholi bilan ishlashda sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
💬Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar yuklatildi.