"Qishloqozon" mahallasidagi muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov Kengashga 14-Qishloqozon saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyqulova hududdagi “Qishloqozon” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari, ijtimoiy muammolar, yoshlar bandligi, obodonlashtirish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat J.Xudoyqulova bilan kelishilgan holda tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov