Новости

Последние новости

янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
янв.21
Ish samaradorligi va xavfsizlik: “Temiryo‘lchi” mahallasida xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Termizda yangi “Yashil jamoat parki”: “Do‘stlik” mahallasidagi loyiha o‘rganildi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/9456)
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida nazorat: Mahalla raisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
“Boʻstonobod” MFYda ichki yoʻllarni asfalt qoplamasi bilan qoplash masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi
 “Boʻstonobod” MFYda ichki yoʻllarni asfalt qoplamasi bilan qoplash masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi

📝 Mazkur murojaat asosida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Fayziyeva Umida Baxramovna tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari D.Mirxalikov nomiga Olmazor tumanidagi “Bo‘stonobod” mahallasi ichki yoʻllarini asfalt qoplamasi bilan qoplash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

📁 Deputatlik so‘roviga javoban, Olmazor tumani, “Boʻstonobod” mahallasi, 29A-uy atrofidagi ichki yoʻllarni ta’mir talabligi boʻyicha atroflicha oʻrganish ishlari olib borildi va oʻrganish natijasiga koʻra ushbu manzil aholiga qulayliklar yaratish va aholining asosli e’tirozlarini bartaraf etish maqsadida ushbu manzildagi ichki yoʻllarni asfalt qoplamasi bilan qoplash ishlari joriy yilning 4-chorak yakunikga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilganligi toʻgʻrisida ma’lum qilamiz.

Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’minlanadi.

🔎 Ushbu masala deputat U.Fayziyeva tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1