Новости

Последние новости

янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
янв.21
Ish samaradorligi va xavfsizlik: “Temiryo‘lchi” mahallasida xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Termizda yangi “Yashil jamoat parki”: “Do‘stlik” mahallasidagi loyiha o‘rganildi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/9456)
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida nazorat: Mahalla raisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalla chegaralari masalasi deputatlar e’tiborida: Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Termizda “Yashil jamoat parki” loyihasi muhokama markazida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Inson qadri uchun: “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali o‘rganildi.

 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali o‘rganild. 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Sh.Shokirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Turgʻunovlar tomonidan 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktabning sport zali holati ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ta’lim muassasasi 320 o‘rinli bo‘lib, hozirgi kunda unda 315 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, maktab sport zali 2009-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, bugungi kunda bino ma’lum darajada ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi. O‘rganish jarayonida sport zalining mavjud holati, undan foydalanish sharoitlari hamda kelgusida zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan masalalar muhokama qilindi. O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi. 

   

Slide 1 of 4