O‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarning chiqindi suv quvurlarida axlat tiqilib qolganligi, natijada suv oqimida jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi aniqlandi. Bu esa aholi uchun katta noqulaylik tug‘dirmoqda.
💬Deputat A.Ashurov muammoning jiddiyligini hisobga olib, soha mutaxassislarini jalb etdi. Mutaxassislar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur ishlar boshlandi. Chiqindi suv quvurlarining tozalanishi va suv oqimining tiklanishi ta’minlanadi.
💬"Fuqarolarimizning murojaatlari biz uchun juda muhim. Har bir muammoni o‘z vaqtida va samarali hal etish — bizning asosiy vazifamiz," — deydi deputat A.Ashurov.