#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Darvishiq mahallasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati ko'zdan kechirildi.
Muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining sanitariya-gigiyena holati, tarbiyaviy jarayonlarning tashkil etilishi hamda tarbiyachilarning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasaga bolalarni olib kelish va olib ketish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, bolalarni guruh-guruh qilib yoki ortiqcha yuklamali tarzda tashishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)