🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "4-Qoryog'di" saylov okrugi, O'zbekiston Ekologik partiyasi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan Uchtepa tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i X.Mirahmedovga deputatlik so'rovi chiqarildi.
⚠️ Ushbu deputatlik so'rovida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:
✍️ tumanda “Yashil makon” loyihasi doirasida 2025–2026-yillarda ekilgan ko‘chatlar soni va ularning yashab qolish darajasi qandayligi;
✍️ hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan asosiy ishlar va ularning natijalari qandayligi;
✍️ suv resurslari bilan ta’minlash hamda suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilganligi;
✍️ tumanda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va kelgusidagi aniq rejalar qandayligi yuzasidan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.
🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.