Новости

Последние новости

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
Deputat mahallada Yo‘l harakati xavfsizligi va hudud obodligi — deputat nazoratida

 Yo‘l harakati xavfsizligi va hudud obodligi — deputat
nazoratida
 

Aholining xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, ta’lim
muassasalari atrofida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish — bugungi
kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
 

 24-Ko‘lota
saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (“Adolat”
SDP guruhi a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi ichki yo‘llar holati va yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
 

 Maktab oldidagi
xavfsizlik — diqqat markazida: O‘rganish davomida okrug hududidagi 29-sonli
umumta’lim maktabi oldida avtomobillar harakat tezligini kamaytirish maqsadida
o‘rnatilgan sun’iy notekisliklar (“lejachiy politseyskiy”) ko‘zdan kechirildi.
Ushbu chora-tadbir maktab o‘quvchilarining yo‘ldan xavfsiz o‘tishini ta’minlash
va yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan.
 

 O‘rganish
doirasida quyidagi masalalar ham tahlil qilindi:
 

Mahalla ichki ko‘chalarining holati; 

Ko‘chalarni tunda yoritish tizimining ishlashi; 

Avtomobil yo‘llarida tirbandliklarning oldini olish va
YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan nuqtalarda xavfsizlikni kuchaytirish.
 

 Deputat
ta’kidi:
 

“Bolalarimizning xavfsizligi biz uchun eng oliy
qadriyatdir. Maktab atrofida tezlikni kamaytiruvchi to‘siqlarning o‘rnatilishi
— bu xavfsizlik yo‘lidagi kichik, lekin muhim qadam. Biz mahalla ichki
yo‘llarini ta’mirlash va ko‘chalarni yoritish tizimini to‘liq sozlash bo‘yicha
ishlarni izchil davom ettiramiz”, — dedi deputat B.Rahmonova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 3