Новости

Последние новости

янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
O‘RQ-668-sonli Qonun “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
янв.21
Haqqoniy baho: "Turon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
“Turon” mahallasida nazorat: Bsk faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi
янв.21
Muammolar yechimi va samarali muloqot: “Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
янв.21
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 25-26-may)
QUVADAGI YIRIK LOYIHA: ISTIROHAT BOGʻI YANGILANMOQDA

 QUVADAGI YIRIK LOYIHA: ISTIROHAT BOGʻI YANGILANMOQDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari
B.Abduraximov, M.Sayfidinov, M.Raximov, M.Axmadaliyeva, Kengash kotibiyati
mudiri R.Nodirov hamda bosh mutaxassis M.Toʻxtasinovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks
rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son Qarori ijrosini
taʼminlash maqsadida tuman markazida joylashgan Alisher Navoiy nomli
koʻngilochar istirohat bogʻini zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari
asosida qayta barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan
navbatdagi oʻrganish ishlari tashkil etildi. 

Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan obyektda amalga
oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarining borishi, ularning sifati,
belgilangan muddatlarga muvofiqligi hamda loyiha hujjatlariga mosligi
atroflicha koʻzdan kechirildi. Shuningdek, masʼul tashkilot va pudratchilar
ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazilib,
mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. 

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini jadallashtirish,
sifatini oshirish, aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish yuzasidan
masʼullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi hamda ushbu jarayon
ustidan doimiy deputatlik nazorati oʻrnatilishi taʼkidlandi. 

Qarorga muvofiq, mazkur istirohat bogʻini davlat-xususiy
sheriklik asosida 7,8 gektar maydonda tubdan rekonstruksiya qilish, loyiha
doirasida hududning infratuzilmasini toʻliq yangilash, yashil hududlarni
kengaytirish, zamonaviy yoritish va xavfsizlik tizimlarini joriy etish ishlari
amalga oshirilmoqda. Yangilangan bogʻ hududida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy
oʻyin maydonchalari, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qulay
mehmonxona, yopiq akvapark, yoshlar markazi, sport va madaniy tadbirlar
oʻtkazish maydonlari hamda oilaviy dam olish uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilishi koʻzda tutilgan.  

Slide 1 of 9