2024-yilning 9-fevral kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar va tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.I.Jabborov tomonidan ishtirokchilarga Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.