Новости

Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Sanchiqul MFY hududidagi ichimlik suv inshootining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida suv ta’minoti tizimida mavjud muammolar, xususan, tarmoqdagi eskirgan quvurlar, bosim pastligi hamda ayrim hududlarda suv yetib bormasligi kabi kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, suv inshootining texnik holatini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan masala deputat nazoratiga olindi.

Aholini toza va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2