Новости

63-DMTTga video kuzatuv moslamasi o‘rnatish masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan Bahor mahallasida faoliyat yuritayotgan 63-DMTTda tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Murojaatda qayd etilishicha, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari hamda ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan bog‘chada doimiy video kuzatuv moslamalari mavjud emasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Shu bois, 2026-yil 12-maydagi 119-ds-487-26-son deputatlik so‘rovi orqali Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari N.Saparovadan Bahor mahallasidagi 63-DMTTga video kuzatuv moslamalarini o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Bolalar xavfsizligi va ta’lim muassasalarida ochiqlikni ta’minlash masalasi deputatlar tomonidan doimiy nazoratda bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 1