Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Magripova Ruzigul Toshniyozovna o‘z saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holatini o‘rganish maqsadida joylarda bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida quyidagi masalalar ko‘zdan kechirildi:
-dori vositalarining saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlari;
-bemorlarga bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi;
-dorilar yetkazib berish jarayoni va ularning hisob-kitobi;
-aholining dori ta’minoti bo‘yicha murojaatlari va ularning amalda bajarilishi;
-dorixonalar va poliklinika o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari o‘rganildi.
💠 Ushbu o‘rganishning maqsadi — aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, jarayonda shaffoflikni kuchaytirish hamda tizimda yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olishdir.