Новости

Последние новости

Deputat faoliyatidan

«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 13-“Mirzo Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Bobomurodovich mazkur qonun ijrosi doirasida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi samaradorligi, aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, aholining ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3