Новости

Suv resurslaridan foydalanish samaradorlikni oshiradi.

2026-yil 5-fevralda “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qaror qabul qilindi. Qaror bilan mamlakatda suvdan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda sohada davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yangi tizim belgilanmoqda.

Asosiy maqsad va ko‘rsatkichlar

🔺 2026–2028-yillarda:

🔺 3,5 million gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi;

🔺 220 ming gektarda tomchilatib sug‘orish;

🔺 110 ming gektarda yomg‘irlatib sug‘orish;

🔺 600 ming gektar yer lazerli tekislanadi;

🔺 har yili 5 milliard kub metr suv tejaladi.

🔺 2026-yilda:

🔺 tijorat banklari tomonidan 2,6 trillion so‘m kredit ajratiladi;

🔺 davlat tomonidan 800 milliard so‘m subsidiya beriladi;

🔺 mutaxassislar Xitoyning Shinjon tajribasi asosida o‘qitiladi.

💰 Subsidiyalar va imtiyozlar

🔻 2026-yil 1-oktabrdan boshlab:

🔹 Suv tejovchi texnologiyani o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilganlarga subsidiya ikki bosqichda (50% oldindan, 50% ish yakunlangach) beriladi;

🔹 Don ekinlarida tomchilatib va diskret sug‘orishga subsidiya ajratiladi;

🔹 Yangi bog‘ va uzumzorlar faqat suv tejovchi texnologiya bilan tashkil etiladi;

🔹 Har gektar uchun 20 mln so‘mgacha kredit ajratiladi;

🔹 Kredit foizining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

⚖️ Yangi tartib va javobgarlik

🔹 2027-yildan boshlab:

🔸 Suv bilan ta’minlangan hududda suv tejovchi texnologiya joriy qilinmasa — suv solig‘i 2 barobar oshiriladi;

🔸 Suv bilan ta’minlanmagan hududlarda esa subsidiya 1,25 barobar ko‘paytiriladi;

🔸 Sholi va baliqchilik xo‘jaliklarida “aqlli” suv hisoblagich o‘rnatish majburiy bo‘ladi;

🔸 Subsidiyalangan maydonda an’anaviy sug‘orish aniqlansa — moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

🛰 Nazorat tizimi kuchaytiriladi

🔺 Suv tejovchi texnologiyalar QR-kod va GPS treker bilan ishlab chiqariladi;

🔺 “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi dron va bodi-kamera orqali nazorat olib boradi;

🔺 Monitoring bo‘limlari tashkil etiladi;

🔺 Jarimalardan tushgan mablag‘larning 70 foizi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

🎓 Kadrlar tayyorlash

💬 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:

💬 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

🛡 Xalq deputatlari Kengashlari uchun muhim jihat

📝 Mazkur qarorga ko‘ra:

⏺️ Har yili 1-aprelga qadar suv bilan barqaror ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlar ro‘yxati ishlab chiqiladi;

⏺️ Ushbu ro‘yxat tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritiladi;

⏺️ Kengashlar hududlar kesimida suv resurslaridan foydalanish holatini muhokama qiladi;

⏺️ Subsidiyalar va soliq stavkalarini qo‘llashda hududning suv ta’minoti darajasi Kengash tasdig‘iga asoslanadi.

📁 Shu sababli, Kengash deputatlari tomonidan mazkur jarayon ustidan doimiy monitoring o‘rnatish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ko‘rsatkichlari yuzasidan ijro organlarining hisobotlarini eshitib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

💡 Mazkur qaror suv resurslaridan foydalanishda intizom va samaradorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligida suv tejash madaniyatini shakllantirish hamda davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1