#deputatlik_faoliyati
TALABALARNING YOTOQXONA HAYOTIDAN QONIQISH DARAJASINI O‘RGANISH NATIJALARI
🔴Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati Sardorjon Avazov viloyatning eng nufuzli oliygohlaridan bo’lgan Toshkent davlat agrar universitetida joylashgan talabalar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, yotoqxona hayotidan qoniqish darajasini o’rganib chiqdi.
✅Talabalar turar joylari universitet hududida 6 ta bo’lib, ularning umumiy quvvati 3123 o‘rinni tashkil etadi. Jumladan, 7-sonli TTJ quvvati 544 o‘rin, 12-sonli TTJ quvvati 507 o‘rin, 13-sonli TTJ 461 o‘rin, 14-sonli TTJ 476 o‘rin, 15-sonli TTJ 585 o‘rin, 2025-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilgan TTJ quvvati esa 550 o‘rin bo’lib hisoblanadi. Eng asosiysi shundaki universitetda tahsil olib talabalar turar joyiga ehtiyoji mavjud talabalar ham befarq qoldirilmagan ularning 84,2%ni qamrab olishga erishilgan.
🗂️Talabalar turar joylarida favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish sxemalari o‘rnatilgan, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan to‘liq ta’minlangan, Qibray tumani ichki ishlar tomonidan proflaktika inspektori ajratilgan talabalar xavfsizligini tinchligini saqlash maqsadida kunu-tun kirish chiqish joylarida tajribali qoravullar bilan ta’minlangan va kameralar o‘rnatilib nazorat qilish uchun Universitet bosh binosidagi serverlar xonasiga o‘rnatilgan monitorlarda nazorati olib borilmoqda.
https://t.me/TV_Kengash