Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati X.Ibragimova tomonidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga
qarashli 11-sonli umumta’lim maktabida 2025-2026-o‘quv yili uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Ushbu maktabda ikkita qozonxona mavjud bo‘lib, qozonxonalar uchun mas’ul javobgar shaxs belgilanmaganligi va qozonxonalar eshigi qulflanmaganligi ma’lum bo‘ldi. Isitish trubalari suv bilan to‘ldirilmaganligi va bosim bilan sinalmaganligi natijasida gaz qozonlarini to‘liq va betalofat ishlashiga muammo vujudga kelishi to‘g‘risida maktab rahbariyati ogohlantirildi. Ushbu kamchiliklarni to‘g‘rilash ishlari yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.