Новости

Последние новости

янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
янв.21
Мәҳалле бул- кәмбағаллықты қысқартыў, халықтың социаллық жағдайын жақсылаў ҳам раўажландырыў орайы.
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиеевтың Бельгия мәмлекетиниң пайтахты Брюссель қаласына ислеген рәсмий сапары.
янв.21
Депутатлық қадағалаў
янв.21
JAŃA BASQÍSHTA - ASHÍQ, NÁTIYJELI HÁM XALÍQSHÍL JERGILIKLI HÁKIMIYATQA QARAY!
янв.21
Jergilikli Keńes wákillikleri arttırılmaqta
“Uyma-uy” loyihasi doirasida muammolar joyida o‘rganildi va deputatlik nazorati o‘rnatildi:

“Uyma-uy” loyihasi doirasida muammolar joyida o‘rganildi va deputatlik nazorati o‘rnatildi:

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Termiz tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan “Uyma-uy” loyihasi doirasida “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi.

Mazkur tashrif davomida fuqarolarning turmush sharoitlari, ularni qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi. Tashrifda mahalla raisi ham ishtirok etib, muammolarni joyida ko‘zdan kechirishda faol ishtirok etdi.

Xususan, yurish-turishida qiyinchiliklar bo‘lgan fuqaro Y. Namozovning ahvoli alohida e’tiborga olinib, deputat tomonidan uning sog‘lig‘ini tiklash uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalarini xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu esa deputatning insonparvarlik yondashuvi va fuqarolarga befarq emasligini yaqqol namoyon etdi.

O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar olib borilib, ularning dardu muammolari tinglandi. Aholiga ijtimoiy yordam olish tartiblari, sog‘liqni saqlash, bandlik, moddiy yordam va boshqa masalalarda zaruriy huquqiy tavsiyalar berildi. Mavjud muammolar bo‘yicha aholining taklif va mulohazalari jamlanib, tegishli tashkilotlarga yetkazish uchun deputatlik asosida tartibga solinmoqda.

Eng asosiysi, aniqlangan har bir muammo bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilib, masalalarning hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bu kabi tashriflar xalq vakillarining o‘z saylovchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lishi, ularning dardiga quloq tutishi va amaliy yechimlar topishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Deputat G. Shafoatovaning ushbu tashabbusi, partiyaning “Xalq bilan yuzma-yuz” tamoyiliga sodiq qolgan holda, aholining og‘riqli nuqtalarini joyida o‘rganish va hal qilishga qaratilgan samarali ishlaridan biridir.

Slide 1 of 5