Doimiy komissiya faoliyati:
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi Tuman budjeti daromadlarini oshirish maqsadida soliqqa tortish bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiy faoliyatni kamaytirish maqsadida tumandagi oshxonalar, oziq-ovqat do'konlari, savdo rastalariga o'rganish ishlarini ishlarini olib bordi.
Komissiya 15 kun davomida tumandagi ustaxonalar, kir yuvish xizmatlari, quruvchilar, taksi xizmatlari, internet orqali savdo-sotiq (online do‘konlar)ning rasmiy ro‘yxatda bor yoki yo'qligi ustidan nazorat o'rnatishni hamda Soliq xizmati va Kengash deputatlari ishtirokida tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”lar tashkil qilishni reja qilib oldi.